
Shahboz Umarov – eng zo‘r gol muallifi va endi termada ham o‘zini ko‘rsatishi kerak!
BATE klubi matbuot xizmati jamoa o‘yinchilarining sentyabr oyidagi uchrashuvlarda kiritgan gollari orasida eng yaxshisini aniqlash maqsadida so‘rovnoma o‘tkazdi.
Klub rasmiy saytida e’lon qilingan tanlovda muxlislar beshta gol ichidan ovoz berish orqali eng chiroylisini aniqladi.
Jami so‘rovnomada qatnashgan 250 nafar muxlislan 218 tasi Shahboz Umarovning amaldagi chempion – “Shaxtyor-Soligorsk” jamoasi darvozasiga urgan goliga ovoz berdi.
Ma’lumki, Belarus oliy ligasining 23-turida BATE o‘z maydonida soligorskliklarni qabul qilib, 1:0 hisobida zafar quchgan edi. Shahboz Umarov o‘yin yakunlanishi arafasida uzoq masofadan berilgan jarima zarbasini darvoza tomon yo‘llagan va to‘p darvozabon oldida erga urilib, to‘rdan joy olgandi.
Legionerimiz mavsumning markaziy uchrashuvidan so‘ng o‘z fikrlarini quyidagicha izohladi.
- Hissiyotlarimizning cheki yo‘q. Biz asosiy raqobatchimizni quvyapmiz va bu uch ochko jamoa uchun juda kerak edi. Natijada g‘alaba qozondik va hammaning kayfiyati a’lo darajada. Gol kiritilgan vaziyatda to‘pni kuchli tarzda darvoza tomon yo‘llagan edim. Kimdir unga teginib, gol urishini mo‘ljallagandim. Natijada to‘p hech kimga tegmay, to‘g‘ri darvozaga kirib ketdi.
Hammaning quvonchi cheksiz edi. So‘nggi daqiqalardagi g‘alaba – doimo o‘zgacha hissiyotlar beradi.
Biz o‘zimizga ishonamiz. Chempionlik poygasi davom etadi. Biz bu poygada boshqalarga qarab o‘tirmaymiz. Birinchi navbatda, oldimizdagi o‘zimizning vazifalarimizni bajarishimiz kerak. Birorta uchrashuvni boy bermasligimiz shart. U yog‘ini keyin ko‘ramiz. Hammasi o‘z qo‘limizda ekaniga ishonchim komil!, - dedi Shahboz Umarov.
Shahboz Umarov o‘tgan yildan buyon Belarus chempionatida muvaffaqiyatli o‘ynab kelmoqda. O‘tgan mavsumda “Energetik-BGU” tarkibida o‘z mahoratini namoyish qilib, 30 ta uchrashuvda to‘rtta gol va uchta golli pas uzatgan Umarov yangi chempionatni BATE safida boshladi.
Belarusning eng kuchli jamoalardan biri hisoblangan Borisov shahri sharafini himoya qilayotgan klubda ham legionerimizning ishlari besh. Legionerimiz joriy mavsumda 23 ta uchrashuvda oltita gol urdi va etti marta jamoadoshlarini golli pas bilan ta’minladi. Qisqa fursatda jamoaning etakchi futbolchisiga aylangan Umarov ishonchli o‘yinlari orqali kuchliroq ligalar vakillarida qiziqish uyg‘otayotgani bor gap.
Xususan, Belarus futbolini yoritadigan jurnalistlardan Nikolay Xodasevich o‘zbek futbolchisi boshqa jamoaga o‘tib ketishi mumkinli haqida ma’lum qildi.
- Shahboz Umarov – o‘sib kelayotgan iqtidor egasi. U BATEning etakchilaridan biri. O‘zbek legioneriga boshqa klublardan talab bor ekan, qishki transferlar vaqtida uni sotib yuborish kerak, - deb yozadi Nikolay Xodasevich.
Legioner sifatida ikki mavsumdan beri barqaror o‘yin namoyish qilayotgan Shahboz Umarov nihoyat O‘zbekiston milliy terma jamoasiga jalb etildi. O‘tgan yili terma jamoa ustozi Vadim Abramov Belarusga borib uning o‘yinini tomosha qilgan va o‘zi bilan suhbatlashgan bo‘lsa-da, yig‘inlar va uchrashuvlarga taklif qilmagandi. Yangi bosh murabbiy Srechko Katanets 9 – 12 oktyabr kunlari Malayziya va Iordaniya terma jamoalariga qarshi bo‘ladigan o‘rtoqlik uchrashuvlari oldidan tashkil etilgan yig‘inga Shahbozni ham chaqirtirdi.
Legionerimiz nimalarga qodirligini ko‘rsatib qo‘ymoqchi!
Shomurodovga Ispaniyadan zo‘r taklif chiqdi. Eldor “Roma”dan ketadimi?
“Real”ni enggan Yaxshiboev jamoasi qancha maosh oladi?
“Roma” Evropa Chempionlar ligasida... Shomurodovning orzusi ushaladimi?
Mourino tanqid qilgan Shomurodov necha ballga loyiq ko‘rildi?
Yaxshiboev gol urgan uchrashuvdan keyin “realchilar” uchga bo‘lindi!
Yaxshiboevga Rossiya grandlaridan taklif bo‘lishi kutilmoqda
O‘runov “qariyalar” ichida qolib ketdi
"Real" darvozaboni Tibo Kurtua Yaxshiboev va Tillga tan berdi: Gollarning ijrosi mukammal edi!
Fikrlar