Shaxmat festivali respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 27 mart kuni Xalqaro shaxmat akademiyasida maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari oʻrtasida “Shaxmat festivali” musobaqasining respublika bosqichi boʻlib oʻtdi.
Mazkur musobaqa Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi, Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasi hamda Xalqaro shaxmat akademiyasi hamkorligida tashkil etildi.
Unda viloyatlar, Toshkent shahri hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasidan saralangan 28 nafar yosh shaxmatchi ishtirok etdi. Bellashuvlar qizlar va oʻgʻil bolalar oʻrtasida alohida guruhlarda tashkil etildi.
Yakuniy natijalarga koʻra, qizlar oʻrtasida Saidbaxromova Shukrona gʻoliblikni qoʻlga kiritgan boʻlsa, oʻgʻil bolalar oʻrtasida Xalilov Said birinchi oʻrinni egalladi.
Musobaqa yakunida gʻolib va sovrindorlar qimmatbaho esdalik sovgʻalari, diplom hamda medallar bilan taqdirlandi.
Fikrlar