Shaxmat. Gulruhbegim Malayziyadagi nufuzli musobaqada g‘olib bo‘ldi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 

Malayziyada ayollar o‘rtasida Osiyoning eng kuchli 10 nafar shaxmatchilari o‘rtasida xalqaro musobaqa tashkil qilindi, deya xabar bermoqda O‘zbekiston MOQ matbuot xizmati. 

Turnirda Hindiston, Malayziya, Myanma, Filippin, Vetnam hamda O‘zbekistondan tashrif buyurgan aql-idrok sohibalari ishtirok etdilar.

Musobaqada 9 ta tur yakuniga ko‘ra 4 ta g‘alaba, 5 ta durang qayd etgan hamyurtimiz Gulruhbegim Tohirjonova 6,5 ochko jamg‘arib, birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!