
“Shaxtyor” Yaxshiboevni olish uchun eng zo‘r to‘purarini sotmoqda
Belarus chempionatida peshqadamlikni qo‘lga olgan Soligorskning “Shaxtyor” jamoasi asosiy hujumchisi Vitaliy Lisakovichni Rossiya premer-ligasiga transfer qiladi.
To‘purarlar bahsida hamyurtimiz Jasur Yaxshiboev bilan raqobatlashayotgan futbolchiga Rossiyaning “Rostov”, “Lokomotiv”, TsSKA va “Ural” kabi jamoalari qiziqish bildirmoqda.
“Shaxtyor” rahbariyati Lisakovich transferidan keladigan mablag‘ni “Energetik-BGU” to‘purari va Belarus chempionatining eng yaxshi futbolchisi bo‘lib turgan Jasur Yaxshiboevni olish uchun sarflashni maqsad qilgan.
Bundan avval, Jasur Yaxshiboev BATE va "Dinamo" jamoalari qiziqayotgani haqida ham xabarlar tarqatilgan edi.
Fikrlar