
"Shaxtyor"ning chorak finaldagi raqibi ma’lum
UEFA Evropa Ligasi nimchorak finalidan o‘rin olgan "Bazel" - "Ayntraxt" bellashuvi o‘z nihoyasiga etdi. Unda shvetsariyaliklar 88-daqiqada Fray tomonidan kiritilgan yagona gol evaziga g‘olib bo‘lishdi. Umumiy hisobda 4-0 hisobida zafar quchgan Marsel Koller shogirdlari chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi.
Ushbu bosqichda ularni Ukrainaning "Shaxtyor" klubi kutib turibdi.
Fikrlar