Shomurodov “Chelsi”, “Manchester Yunayted” va “Arsenal” futbolchilari bilan o‘ynashi mumkin!

  • 26 dekabr, 2021, 11:24
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Joze Mourino Rim jamoasini grand klublar qatoriga ko‘shishga jiddiy kirishgan ko‘rinadi. Portugaliyalik mutaxassis tarkibni har qanday musobaqada yuqori maqsadlar uchun kurasha oladigan darajaga etkazish uchun grand klublar “nonini egan”, g‘oliblik mentaliteti bor o‘yinchilarni Italiya poytaxtiga olib kelmoqchi.

Tecno

Mourino Manchesterdagi vunderkindni nishonga oldi

“Manchester Yunayted”da iste’dodlar ko‘p. Biroq ularning hammasi ham asosiy tarkibga kiritilmaydi. Mourino manchesterliklarni boshqargan davrda Charli Vellens degan yigitchani birinchi jamoa mashg‘ulotlariga jalb etib turardi.

Endi portugaliyalik mutaxassis 19 yoshli yarim himoyachini “Roma”ni olib kelish bo‘yicha topshiriq berdi. Bu haqda Britaniyaning eng nufuzli nashrlaridan The Sun axborot tarqatmoqda.

Ayni paytda Vellens Angliya yoshlar premer-ligasida ishtirok etmoqda. Jami 14 marotaba maydonga tushgan iste’dodli o‘yinchi o‘z hisobiga bitta gol va to‘rtta assist yozdirib qo‘ygan.

Vellensning o‘zi ham o‘smirligidayoq uning salohiyatini yuqori baholagan mashhur murabbiyning qo‘l ostida to‘p surishga qarshi emas.

1598707505_charlie-wellens-manchester-united

Rimliklar “Chelsi”ga rasman murojaat qildi

“Roma” mutasaddilari yarim himoyachi Ruben Loftus-Chik transferi bo‘yicha “Chelsi” bilan rasmiy muzokaralarni boshladi.

EPL Scouts nashrining xabar berishicha, Joze Mourino Rim klubi rahbariyatidan angliyalik yarim himoyachini tezroq olib kelishni talab qilmoqda.

Bosh murabbiyning talabini bajarish uchun poytaxtliklar 16,2 million funt miqdorida xarajat qilishiga to‘g‘ri keladi.

Manbaning ta’kidlashicha, Mourino Loftus-Chikning o‘zi bilan telefon orqali muloqot qilgan. Joze mahoratli yarim himoyachini “Roma”ga shaxsan o‘zi taklif qilgani ham futbolchining tanloviga ta’sir qilishi aytilmoqda.

Mourino Rubenga etarlichi o‘yin amaliyoti berishi va u bu imkoniyatdan unumli foydalansa, 2022 yili Qatarda bo‘ladigan jahon chempionatida ishtirok etadigan Angliya terma jamoasiga qaytishi mumkinligini bildirgan.

Ta’kidlash joizki, Mourino “Chelsi” asosiy tarkibiga kira olmagan Temmi Aboaxamni ham “Roma” olib kelib o‘ynatdi. Natijada hujumchi o‘zini ko‘rsatib, Garet Sautgeyt tomonidan Angliya terma jamoasiga qaytarildi.

Loftus-Cheek

Nishonda “Arsenal” futbolchisi bor

“Roma” mutasaddilari “Arsenal” yarim himoyachisi Ensli Meytlend-Naylzni ijaraga olish bo‘yicha muzokaraga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

“Bo‘rilar” iste’dodli futbolchini mavsum oxiriga qadar ijarada o‘ynatmoqchi.

Joriy mavsumda “kanonirlar” bosh murabbiyi Mikel Arteta Ensliga etarlicha o‘yin amaliyoti bermayapti. U chempionat boshlanganidan beri sakkiz marta maydonga tushdi.  Meytlend-Naylzning o‘zi ham berilgan imkoniyatlarda o‘zini ko‘rsata olgani yo‘q.

Joze Morino bu futbolchi “Roma”ning maydon markazidagi o‘yinini kuchaytirishi mumkinligiga ishonmoqda.

AinsleyMaitlandNilesArsenalvCrystalPalaceAK_gKAReqNgx

O‘runovni “Spartak”da nega o‘ynatishmadi? Sirlar ochilmoqda!

Shomurodov “Olimpiko”ni portlatdi!

Rossiya klubi O‘runovni transfer qilishga o‘ylanib qoldi!

Shomurodov shoshilmasa bo‘lmaydi!

Birorta nashr Shomurodovni asosiy tarkibga loyiq ko‘rmadi, Mourino esa...

Shomurodovning hisobi bo‘sh...

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Sattorov Xayriddin
26/12/2021 13:49
⚽️⚽️⚽️