Shomurodov faoliyatida yangilik bo‘lishi kutilyapti!

  • 01.02.2024 14:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Eldor Shomurodov maydonga qaytishiga oz qoldi. Dekabr oyida mashg‘ulot chog‘ida o‘ng oyoq barmog‘ini sindirib olgan hujumchimiz operatsiyadan keyin ikki oy davolanishi lozimligi aytilgandi.

Tecno

“Kalyari” faoliyatini yoritib borayotgan cagliarinews24.com sayti jurnalisti Eliya Serra o‘zbek legioneri jarohatidan to‘liq forig‘ bo‘lish arafasida turganini va tezorada maydonga qaytishga tayyorlanayotganini yozdi.

363364590_830894218397933_3331239564839983989_n

Shomurodovning futbolga qaytishi yangi o‘zgarishlarga to‘g‘ri kelishi mumkin. Bir necha manbalarning ta’kidlashicha, “Kalyari” qishki transferlar oynasining so‘nggi kunlarida “Roma” bilan ikki o‘yinchi borasida kelishuvga erishmoqchi.

Birinchi navbatda, “Kalyari” yangi markaziy olishga qaror qilgan. Yozda jamoaga qo‘shilgan Mateush Viteska va Pantelis Hatsidiakos bosh murabbiy Klaudio Raneri kutgan o‘yinni namoyish qilolmadi.

Shuning uchun sardiniyaliklar “Roma”dan albaniyalik himoyachi Marash Kumbullani ijaraga olishni maqsad qilgan. 23 yoshli markaziy himoyachi og‘ir jarohat olgani bois joriy mavsum hali biror marta maydonga tushgani yo‘q. Salomatligini endigina tiklagan futbolchi “Roma”ning asosiy tarkibiga kira olmasligi aniq. Buni inobatga olgan “Kalyari” mutasaddilari poytaxtliklardan qulay shartlar asosida Kumbullani ijaraga berishni so‘ramoqda.

Har ikki klub rahbariyati shu kunlarda Eldor Shomurodov masalasini ko‘rib chiqishi ham kun tartibiga kiritildi. O‘zbek hujumchisi yozda keyinchalik 9 million evroga sotib olish huquqi bilan “Kalyari”ga ijaraga olingandi.

Eldor sport formasini tiklashga ko‘p vaqt sarfladi va hali “Kalyari” safida biror marotaba gol urgani yo‘q. Qolaversa, og‘ir jarohat olib, ikki oy davomida maydondan tashqarida yurgan hujumchi hozir qanday formada ekani noma’lum.

Umuman olganda, sardiniyaliklar Shomurodov transferi o‘zini oqlamadi, degan fikrda. Chunki eng ko‘p maosh olayotgan o‘yinchilar ro‘yxatidan o‘rin olgan Eldor jamoaga katta foyda keltirgani yo‘q.  Shuning uchun ham “Kalyari” legionerni muddatidan oldin “Roma”ga qaytarishga harakat qilyapti.

- “Kalyari” va “Roma” aloqalari yana qizg‘in pallaga kirdi. Bu ikki jamoa transfer bozorining so‘nggi kunlari o‘yinchi almashishi kutilyapti. Birinchi navbatda, Eldor Shomurodov ketadi. Bu mavsum hujumchi o‘zini ko‘rsata olmadi. Chempionat va kubokda 13 ta uchrashuvda atigi ikkita golli pas uzatdi xolos. Bu ko‘rsatkichlar Klaudio Raneri uchun kamlik qiladi. Shu bois, u Rimga qaytarilishi kutilmoqda, - deb yozdi cagliarinews24.com sayti jurnalisti Andrea Piras.

- Rim va Sardiniya klublari oldi-berdisi bu bilan tugamaydi. Marash Kumbulla Shomurodov o‘rniga “Kalyari”ga yo‘l olishi mumkin. Albaniyalik himoyachi o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun jamoani o‘zgartirishga tayyor.

“Kalyari”ning transfer bozoridagi bu rejalarini amalga oshirishiga klub  prezidenti Tomazzo Julini rozilik bergan, - deb yozdi yana bir manba – La Gazzetta dello Sport gazetasining eksperti Franchesko Vellutstsi.

363356988_830894138397941_1529027445395166799_n

Eslatib o‘tamiz, bungacha Eldor Shomurodovga hamyurtimizning Italiyadagi birinchi jamoasi – “Jenoa” ham qiziqish bildirgandi. Biroq genuyaliklar hozirgacha transfer bo‘yicha aniq taklif bildirgani yo‘q.

O‘zaro to‘qnashuv oldidan O‘zbekiston va Tailandning eng kuchli tomoni aytildi!

Osiyo kubogi finalida O‘zbekiston bilan o‘ynasak yaxshi bo‘lardi!

O‘zbekiston “qora an’ana”ga chek qo‘ydi yoxud Qatardagi rekordlar, sensatsiyalar va faktlar

 Fayzullaev darrov o‘zini ko‘rsatdi!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
leodius21@mail.ru
30/01/2024 11:14
Avvalo berayotgan xabarlaringiz uchun minnaddormiz! Biroq bir kichik iltimosimiz ham bor. Berib borayotgan xabarlarni imkon qadar qisqaroq va lo'nda qilib (Nima-qachon-qayerda) yotirsanglar, o'quvchi mavzuning asl mohiyatini tezroq anglab olgan bo'lar edi. Maqolani o'qib tugatib magzini chaqquncha ko'p vaqti ketadi. Zamon talabi bu Hikoyadek bo'lib qolmasin...
&
Radiant
28/01/2024 21:12
Eldor Omad!!!