Shomurodov Gollivudga boradi!

  • 28 mart, 2022, 19:11
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Roma” kelasi mavsumga tayyorgarlik bosqichini o‘zgacha tarzda o‘tkazmoqchi. Klubga egalik qiluvchi Fridkinlar oilasi eng afzal variant sifatida “Roma” futbolchilarini AQShga olib borishni ma’qul ko‘rmoqda.

La Gazzetta dello Sport nashrining ma’lum qilishicha, klub prezidenti Den Fridkin jamoani Los-Anjelesning eng mashhur joyi Gollivud tepaligi atrofiga olib boradi.

1200px-Hollywood-Sign

Bu tanlov bejiz bo‘lgani yo‘q. Fridkinlar oilasining biznes loyihalari orasida kinosan’atiga aloqadan dasturlar ham bor.

Ayni paytda klub mutasaddilari bu variantni amalga oshirish usullari bo‘yicha ish olib bormoqda. Hisob-kitoblarga ko‘ra, bu sayohat rimliklar uchun o‘rtacha 1 million evroga tushadi. Klub bu turne davomida daromad qilishni ham rejalashtimoqda. Buning uchun “bo‘rilar” AQShning nomdor klublari bilan o‘rtoqlik uchrashuvlarini o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Mashhur jamoalarning bu kabi o‘rtoqlik o‘yinlariga chiptalar butun dunyo bo‘yicha yaxshi sotilishi tajribadan ma’lum.

Mutaxassislar “Roma”ga bu rejani ro‘yobga chiqarish uchun ikki masala xalaqit qilishi mumkinligini ta’kidalmoqda. Birinchidan, koronavirus bilan bog‘liq vaziyatda salbiy tomonga o‘zgarib ketishi mumkin. Ikkinchidan, “Roma” Evrokuboklarning saralash bosqichida qatnashadigan bo‘lsa, klub rahbariyatining rejalari o‘zgaradi. Bu ko‘p jihatdan Joze Mourino shogirdlarining mavsumni nechanchi pog‘onada yakunlashiga bog‘liq bo‘ladi.

Agar klub xo‘jayinlarining rejasi amalga oshib, Eldor Shomurodov va uning jamoadoshlari AQSh bo‘ylab turnega chiqishi jamoa uchun har tomonlama manfaatli bo‘ladi. Bordiyu bu sayohatni tashkil etishning imkoni bo‘lmasa, “Roma” futbolchilari yangi mavsumga tayyorgarlikni Avstriyada olib borishi zaxira varianti sifatida rejalashtirilgan.

651228_original

“Roma” bir qarorga kelishi kerak

“Roma” yanvarda “Portu”dan tajribali yarim himoyachi Serjiu Oliveyrani mavsum oxiriga qadar ijaraga olgandi. Rimliklarda uni yozda to‘liq transfer qilish huquqi bor.

Biroq, klub mutasaddilari bu transfer bo‘yicha o‘z fikrini bir necha marotaba o‘zgartirdi. Avvaliga ular Serjiuga doimiy shartnoma berilishini ma’lum qilgandi. Keyinroq boshqa variantlar qidirilishi aytildi. Mourino bu orada maydon markazi vakillaridan faqatgina Lorentso Pellegrini uning talabiga javob berishi va qolganlari o‘rniga boshqa futbolchilar olinishini ta’kidladi.

Endi vaziyat yana o‘zgardi. Klub rahbariyati Oliveyraning transfer huquqini sotib oladigan bo‘lib turibdi. Poytaxtliklar buning uchun portugaliyaliklarga 13 million evro to‘lab berishi talab etiladi. 29 yoshli yarim hitmoyachi klub bilan 2025 yilning yarmigacha davom etadigan shartnoma imzolashi kutilmoqda.

Serjiu Oliveyra Joze Mourino qo‘l ostida A Seriyada sakkizta uchrashuv o‘tkazib, ikkita to‘p kiritdi va bitta golli pas uzatdi.

oliveira-4-1024x682

“Inter”ga “Roma”ga sig‘magan o‘yinchi kerak

Ispaniyalik yarim himoyachi Gonsalo Vilyar “Roma” asosiy tarkibiga kira olmagani bois “Xetafe”ga ijaraga berilgan edi. Biroq, Ispaniya chempionatida ham u o‘z iste’dodini namoyish qila olgani yo‘q.

Shunga qaramay, “Roma”ga tegishli bo‘lgan 24 yoshli futbolchiga jiddiy klubdan taklif bo‘lmoqda. “Inter” Gonsaloning salohiyatini yuqori baholamoqda va o‘z safiga qo‘shib olishga tayyorligini bildirdi. Shuningdek, milanliklar rimliklarning yana bir yarim himoyachisi Jordan Veretuga ham qiziqmoqda.

Gonsalo Vilyar “Valensiya” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Professional faoliyatini “Elche” klubida boshlagan. “Roma” uni 2020 yilning yanvarida 5 million evro sotib olgandi. Joze Mourino jamoani qabul qilib olganidan keyin ispan futbolchisini A Seriyada birorta uchrashuvda o‘ynatgani yo‘q.

Gonsalo Vilyar yanvarda “Xetafe” o‘tganidan beri La Ligada atigi to‘rtta uchrashuvda qatnashib, birorta samarali ko‘rsatkich qayd etgani yo‘q.

220213_m

 Endi Shomurodovga yanada qiyin bo‘ladi!

Mourino “Roma” eshiklarini “Chelsi” yulduzlariga ochdi!

“Roma”da qolmayman!

“Roma”da katta o‘zgarishlar bo‘ladi. Shomurodov ham ketishga tayyor!

Shomurodovga imkon bormi? Mourino Abraxamga yangi sherik tanladi!

Masharipovning jamoadoshi Shomurodov o‘rnini egallashi kutilmoqda!

Shomurodovni o‘ynatmayotgan Mourino Rossiya chempionatida yana futbolchi olmoqchi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Восток
28/03/2022 21:14
Астойдил бул Элдор Буш келма