
Shomurodov joriy mavsum A Seriyadagi ilk golini urdi!
"Spetsiya" safida ijara asosida to‘p tepayotgan hamyurtimiz Eldor Shomurodov "Salernitana"ga qarshi bahsda gol urdi. Bu gol yakunda uning jamoasiga bir ochko taqdim etdi.
Ahamiyatlisi, Shomurodov bu mavsum nafaqat "Spetsiya", balki Italiya chempionatidagi ilk goliga mualliflik qildi.
Sentyabr oyida Eldor "Roma" tarkibida raqib darvozasini ishg‘ol qilgandi. Ushbu gol Evropa ligasi doirasidagi bellashuvda kiritilgandi.
Fikrlar