Shomurodov rasmiy uchrashuvga tayyorlanyapti

  • 14 noyabr, 2020, 19:19
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Jenoa” klubi matbuot xizmati jamoada tayyorgarligi bo‘yicha yangi ma’lumotlarni tarqatdi.

Unga ko‘ra, “Jenoa”ning bir guruh futbolchilari Millatlar ligasi musobaqasida ishtirok etish uchun o‘z mamlakatlari terma jamoalari safida qolmoqda. Adzurri Pellegrini o‘ynayotgan Italiya terma jamoasi UEFAning ushbu musobaqasida navbatdagi uchrashuvni Polshaga qarshi o‘tkazadi.

Shuningdek, Goran Pandev Shimoliy Makedoniya,  Mixa Zayts Sloveniya, Milan Badel Xorvatiya terma jamoasiga borib qo‘shilgan.

Filippo Melegoni, Janluka Skamakka va Nikolo Rovella esa, Italiya yoshlar terma jamoasi safida 21 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Evropa chempionati saralash turniri doirasida Lyuksemburg bilan bo‘ladigan o‘yinga chaqirtirildi.

“Jenoa” murabbiylar shtabi mashg‘ulotlar jarayonida qolgan futbolchilar, xususan, koronavirusdan tuzalgan va jarohatdan qutilgan o‘yinchilarning jismoniy holatini yaxshilash borasida ish olib bormoqda.

- Eldor Shomurodov dastlabki uchrashuvlarda natija ko‘rsata olmadi. U yana safga qaytdi. Bo‘lajak bahslarda o‘zini ko‘rsatadi, - deb yozadi “Jenoa” klubi rasmiy sayti.  

Shomurodov oktyabr oyining oxirida sonidan olgan jarohati tufayli jamoasining bir necha o‘yinchilari o‘tkazib yubordi. Bundan tashqari, hujumchimiz O‘zbekiston milliy terma jamoasining Birlashgan Arab Amirliklarida o‘tkazilayotgan yig‘iniga ham jalb qilinmadi.

"Jenoa" A Seriyaning navbatdagi uchrashuvini 22 noyabr kuni safarda "Udineze"ga qarshi o‘tkazadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 22:00da boshlanadi. 

O‘zbekistonning eng zo‘r to‘purarlari: Shatskixdan Shomurodovgacha!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Санжар Сайфиев
14/11/2020 22:33
Шомуродов октябрь ойининг охирида сонидан олган жароҳати туфайли жамоасининг бир неча ўйинчилари ўтказиб юборди. жамоасининг бир неча ўйинчилари ўтказиб юборди. жамоасининг бир неча ўйинчилари ўтказиб юборди. жамоасининг бир неча ўйинчилари ўтказиб юборди.???