Shomurodovga “Jenoa” yaxshimi yoki "Yuventus"? Hamyurtimiz uchun maqbul yo‘l va variantlar haqida – xorijlik sharhlovchi

  • 11 yanvar, 2021, 19:32
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bir necha kun avval, Italiya nashrlaridan biri Tuttosport “Yuventus” Alvaro Morataning o‘rniga o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodovni ko‘zlayotgani borasida ma’lumot berdi. Ushbu xabarga rus sharhlovchisi Aleksey Durnovo telegramdagi sahifasida o‘z munosabatini bildirib, hamyurtimizning Turin klubidagi imkoniyatlarini baholadi.

Tecno

Italiya nashri Shomurodov "Yuventus"ga qachon o‘tishi mumkinligini yozdi

maxresdefault_5

Karpin sobiq shogirdi Shomurodovning "Yuventus"ga o‘tishi borasidagi xabarlarga munosabat bildirdi

- Ochig‘ini aytsam, Shomurodovga “Yuventus” qiziqayotgani borasidagi xabarlar menda shubha uyg‘otdi. Men, albatta, adashganimdan xursand bo‘lardim, lekin o‘tgan yilning so‘nggi ikki oyida “Jenoa”ning o‘yinlarini sharhlagan inson sifatida quyidagilarni ayta olaman. Qanchalik g‘alati tuyulmasin, Genuyada qolish Shomurodov uchun yaxshiroq.

“Jenoa” – yaqqol autsayder klub. Jamoa o‘z falsafasiga rioya qilgan holda, 17-o‘rin uchun kurashadi: o‘lsak o‘lamiz, lekin quyi ligaga tushib ketmaymiz. O‘tgan ikki mavsumda, bu vazifa katta qiyinchiliklar bilan bajarildi. Yanvarda “Jenoa” katta ehtimol bilan, yana o‘n nafar futbolchini jamoaga jalb qiladi va jon saqlash uchun bor imkoniyatini ishga soladi. Hujum chizig‘ida ular katta tanlovga ega: Pandev, Destro, Pyatsa, Skamakka va Shomurodov. Eldor uchun bu teng va uddalasa bo‘ladigan raqobat. U ularning hammasi bilan asosiy tarkibdagi o‘rni uchun kurashishi va har biri bilan maydonda yaxshi tandem hosil qilishi mumkin.

“Yuventus”da esa buning aksi. To‘g‘ri, Ronaldu va Buffon bilan birgalikda mashg‘ulotlar o‘tkazadi, ammo o‘yin amaliyoti umuman bo‘lmasligi ham mumkin. U erda Shomurodov Ronaldu, Morata va Dibalaga nimadir bo‘lgan taqdirdagina, Pirlo Keza yoki Kulushevskini bu pozitsiyaga ko‘chirmasagina, maydonga tushishi mumkin. Ya’ni, chuqur zaxira.

Eldorga "Yuventus" tomonidan qiziqish borligi rostmi? Nega Shomurodovning agenti bu xabarlarga javob bermadi?

shomu_1

Futbolchilarga faoliyati bo‘yicha maslahat berish menga emas, lekin, agar Shomurodovning A Seriyadagi uzoq yillik faoliyatiga umid qilinsa, “Yuve”dan ko‘ra, va “Jenoa”ga qaraganda, yaxshiroq istiqbollarga ega jamoaga kelgani ma’qul – yaxshi murabbiyga ega o‘rtamiyona klub.

Sinisha Mixaylovichning “Bolonya”si, Ivan Yurichning “Verona”si, Filippo Inzagining “Benevento”si va hattoki Roberto D'Aversu qaytgan “Parma”. Ideal variant — “Sassuolo”.

Yana bir narsa. Agar “Jenoa” A Seriyadan tushib ketsa, jamoa tarkibida o‘zgarishlar yuz beradi, yaxshi o‘yin va etarlicha yuqori futbol intellektiga ega Shomurodov esa, albatta, o‘ziga mos italyan klubini topadi. Bu sinalgan usul. «Yuventus» zaxirasida o‘tirish esa to‘g‘ri ortga, ya’ni «Rostov»ga yo‘l bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Buning ustiga gap ijara haqida ketayotgan bo‘lsa, - dedi Aleksey Durnovo.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!