
Shomurodovni “katta marra” kutib turibdi!
Eldor Shomurodov bugungi kunda O‘zbekistonning eng mashhur va eng kuchli futbolchisi ekaniga shubha yo‘q. O‘tgan mavsumda hujumchimizning klub miqyosidagi ishlari o‘zi istagan va muxlislar kutgan darajada bo‘lmadi.
“Roma” – Italiyaning buyuk klubi bo‘lish barobarida muhiti juda murakkab jamoadir.
To‘g‘ri, Eldor ichki raqobatda “Chelsi” yulduzi Temmi Abraxamga yutqazdi. Yanada aniqrog‘i, o‘z salohiyatini ko‘rsatish uchun etarli imkoniyatga ega bo‘lmadi. Joze Mourino kelasi mavsumda ham o‘zbek futbolchisini sinab ko‘rishga qaror qilgan chog‘i, Eldorni Rimda qoldirishini e’lon qildi. Hujumchimizga Italiya, Ispaniya, Germaniya va Frantsiya klublaridan qiziqishg bo‘layotgani ham xabar qilinganini unutmaslik lozim.
Biz uchun quvonarli tomoni shundaki, keyirgi paytda Shomurodovning xalqaro faoliyati, ya’ni terma jamoadagi o‘yini ochilib, ko‘rsatkichlari oshib bormoqda. Bunda evropacha futbol havosidan bahra olayotganining ham hissasi katta ekani sir emas.
Eldor Shomurodovning O‘zbekiston milliy terma jamoasidagi natijalarini ko‘rib chiqamiz.
Iste’dodli futbolchimiz mamlakatimiz bosh jamoasidagi debyutini 2015 yil 3 sentyabr kuni Yamanga qarshi o‘yinda nishonladi. Bir haftadan keyin termadagi uchinchi o‘yinida Bahrayn darvozasini ishg‘ol qilib, xalqaro maydondagi debyut golini nishonladi. Shundan keyin Eldor “Bunyodkor” va “Rostov”da o‘ynab yurgan kezlari ham muntazam terma jamoadan chaqiruv oldi. Bu paytga kelib, gollari sonini 18 taga etkazib oldi.
Shomurodov 2020 yilning 1 oktyabrida kuchli beshlik chempionatlaridan A Seriya vakili “Jenoa” jamoasiga ko‘chib o‘tdi.
Hujumchimiz Italiya futbolini o‘zlashtirish barobarida terma jamoamizdagi mavqeini ham oshirib bordi. Evropacha futbol ta’sirida Eldorning mamlakatimiz bosh jamoasidagi samaradorligida ham o‘sish keskin sezila boshladi. Buni mahoratli futbolchimiz so‘nggi bir yarim yil ichida 12 ta gol urganidan ham bilib olsa bo‘ladi.
Bugungi kunga kelib, Eldor Shomurodov O‘zbekiston milliy terma jamoasida 56 ta o‘yinda raqiblar darvozasini 30 marotaba ishg‘ol qigani www.transfermarkt.world portalida qayd etilgan. Shulardan ikkitasi xet-trik va oltitasi dubl ekani ham qiziqarli ma’lumot ekanini aytish mumkin.
Xo‘sh, Shomurodov terma jamoa hujumchisi sifatida qaysi mamlakatlar terma jamoalari darvozasini ishg‘ol qilgan?
Hozir shu haqda ma’lumot beramiz.
Eldor faoliyati davomida Osiyo, Afrika, Amerika, Evropa qit’alari terma jamoalari posbonlarini ojiz qoldira olgan. Xususan, o‘rtoqlik va rasmiy uchrashuvlarda Shomurodov Bahrayn, Kanada, Iroq, Gruziya, O‘mon, Turkmaniston, Yaponiya, Xitoy, Suriya, Yaman, Singapur, Saudiya Arabistoni, Falastin, Eron, Shvetsiya, Janubiy Sudan, Qirg‘iziston, Uganda va Maldiv orollari terma jamoalari darvozasiga yo‘l topa olgan.
Ayniqsa, Uganda va Maldivga qarshi o‘yinlarda terma jamoamiz sardori xet-trik qayd etgani ahamiyatli.
Eldor Shomurodov tez orada O‘zbekiston milliy terma jamoasi tarixida eng ko‘p gol urgan futbolchi sifatida rekord o‘rnatishi kutilmoqda. Hozirgacha, Maksim Shatskix qayd etigan rekord saqlanib turibdi. Kievning “Dinamo”sida porlagan hujumchi mamlakatimiz asosiy jamoasi uchun 15 yoil to‘p tepib, jami 61 ta uchrashuvda o‘z hisobiga 34 ta gol yozdirib qo‘ydi.
Bosh jamoa safida 98 marotaba maydonga tushgan Aleksandr Geynrix Shatskixning rekordini yo‘qqa chiqario‘i kutilgandi. Lekin mashhur hujumchimiz 32 ta gol bilan faoliyatini yakunladi.
O‘zbek futboli afsonasi Mirjalol Qosimov maydon markazida to‘p tepganiga qaramay, gol urish bobida hujumchilar qolishmaydi. O‘z davrining eng kuchli pleymeykeri O‘zbekiston milliy terma jamoasi libosida 66 ta o‘yinda 31 ta to‘p kiritgan.
Eldor Shomurodov maldivliklar darvozasini uch bor ishg‘ol qilganidan keyin gollari sonini 30 taga etkazib, to‘purarlar reytingida to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. Endi bo‘lajak bahslarda yana to‘rtta aniq zarba bilan Maksim Shatskixning rekordini yangilashi va beshinchi goli Eldorni yaqqol rekordchiga aylantirishi kutilmoqda. Demak, Eldorni oldinda katta marralar kutib turibdi.
Fikrlar