Shota Arveladzega Turkiyadan tashqari boshqa davlatlardan ham takliflar bor

  • 30 noyabr, 2020, 14:35
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Shu yilning oxirida Shota Arveladzening "Paxtakor" bilan tuzgan shartnomasi yakunlanadi. Uning xizmatlariga ehtiyoj sezayotgan jamoalar talaygina.

Tecno

SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, gruziyalik mutaxassisga Xitoy va Qatar klublaridan takliflar bor. Shuningdek, "Paxtakor" ustoziga Turkiyaning "Trabzonspor" klubi tomonidan jiddiy qiziqish mavjudligi haqida avvalroq xabar bergandik. Turkiyaliklar Arveladzeni o‘z jamoasiga olib kelish bo‘yicha xorij variantlari orasida favoritdek ko‘rinmoqda. Chunki Turkiyaning "Hurriyet" nashrida yozilishicha, "Trabzonspor" Shota Arveladze Toshkentda yiliga 1.5 million evro maosh oladigan murabbiyga rasmiy taklif bildirgan. Arveladze esa, bunga javoban "sherlar" bilan shartnomasi tugaganidan so‘ng gaplashishini aytgan.

Qolaversa, "Paxtakor" klubi rahbariyati ham murabbiy bilan bitimni uzaytirish bo‘yicha muzokara o‘tkazmoqda. Shota Arveladzening "Paxtakor" bilan tuzgan dastlabki shartnomasi o‘tgan yili yakunlangandi va tomonlar 2020 yilning so‘nggiga qadar bitimni uzaytirishgandi.

"Paxtakor" bu mavsum shartnomasi tugaydigan Shota Arveladze borasida bir qarorga kelgan ko‘rinadi

IMG_7666

Gruziyalik mutaxassis 2017 yilning yozidan beri "Paxtakor"ni boshqarib kelmoqda. Uning qo‘li ostida poytaxtliklar o‘tgan yili ilk bor yurtimizda treblga ega chiqqan klubga aylandi. Bu mavsum hozircha Superligada chempionlikka erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!