
Shu ikki futbolchini olsa, MYu engilmas jamoaga aylanadi!
“Manchester Yunayted”ning sobiq futbolchisi Rio Ferdinand jamoani kuchaytira oladigan ikki futbolchi borligini aytdi.
Ferdinandning ta’kidlashicha, manchesterliklar “Vest Xem” etakchisi Deklan Rays va “Bornussiya” yarim himoyachisi Jud Bellingemni jamoaga olib kelishi kerak. Rio bu transferlar orqali jamoa yuksak natijalarga erisha olishiga ishonmoqda.
Deklan Rays bir necha mavsumdan beri grand klublar o‘rtasida talash bo‘lmoqda. Lekin “Vest Xem” rahbariyati uni qo‘yib yubormayapti.
Angliyalik Jud Bellingemning o‘yini dortmundliklar safida sayoqallanib bormoqda. Bu o‘yinchining ham xaridori ko‘p.
Fikrlar