“Siti” Gvardiolaga o‘rinbosar topdi
“Manchester Siti”ni Evropa chempionlar ligasi g‘olibiga aylantira olmayotgan Xosep Gvardiolaning klub bilan shartnomasi yakunlanib bormoqda. Tomonlar yangi bitim bo‘yicha bir qarorga kelgani yo‘q.
Shu bois “shaharliklar” rahbariyati ispaniyalik mutaxassis ketadigan bo‘lsa, jamoani qaysi mutaxassisga topshirish bo‘yicha bir qarorga keldi.
Unga ko‘ra, Xosep Gvardiolaning o‘rnini “Leyptsig”ni Bundesliga grandlari qatoriga qo‘sha olgan Yulian Nagelsmann va hozirda ishsiz yurgan Maurisio Pochettino egallashi mumkin. Shunday bo‘lsa-da, klub xo‘jayinlari asosiy e’tiborni Gvardiolaning o‘zi bilan kelishuvni uzaytirishga qaratadi.
49 yoshli Gvardiola 2016 yilning yozidan beri “Manchester Siti”ni boshqarmoqda. Uning vakolati mavsum oxirida yakunlanadi.

Fikrlar