"Siti" Husanov va yana ikki transferni qachon e’lon qiladi?

  • 20 yanvar, 12:52
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Hamyurtimiz Abduqodir Husanov "Manchester Siti" klubi a’zosiga aylanib ulgurganidan deyarli barcha futbol muxlislarimiz xabardor bo‘lsa kerak. 

Futbolchimiz "shaharliklar" safida tibbiy ko‘rikdan o‘tgan va o‘ziga raqam ham tanlagan, ammo "shaharliklar" matbuot xizmati hali mazkur transferni e’lon qilganicha yo‘q. 

Bir qator ingliz nashrlari bergan ma’lumotlarga ko‘ra, "Siti" bugun Abduqodir Husanov hamda Vitor Reys transferini e’lon qilishi mumkin. Bundan tashqari, "Ayntraxt" yulduzi Omar Marmush bugun tibbiy ko‘rikdan o‘tishi kutilmoqda. 

Ma’lumot uchun, Husanov "Siti"ga 40+10 million evroga tushdi (Fabritsio Romano bergan xabarga ko‘ra). U Manchester klubi safida 45-raqamda to‘p tepishi kutilmoqda. 


 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!