“Siti” super transferni yakunladi

  • 5 avgust, 2020, 09:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” qator grandlar nishonida turgan “Bornmut” himoyachisi Natan Akenining transferini ijobiy hal qildi.

Tecno

- Natan “Manchester Siti”da o‘ynaydi, kelishuv yakunlandi. Tomonlar o‘zaro bir to‘xtamga keldi, o‘yinchi bilan shaxsiy shartnoma shartlari kelishildi va tibbiy ko‘rik vaqti belgilandi, - deb yozmoqda The Guardian jurnalisti Fabritsio Romano.

“Napoli” Gvardiola istagan Kalidu Kulibalini manchesterliklar taklif qilgan summaga sotmagani bois “Siti” rahbariyati arzon variant sifatida Ake transferini amalga oshirdi. Bu jamoa uchun 43 million evroga tushdi.

Natan Ake asli “Chelsi”ga tegishli bo‘lsa-da, 2016 yildan buyon “Bornmut” sharafini himoya qilayotgan edi.  “Bornmut”ning quyi ligaga tushib ketgani Ake transferini osonlashtirdi.

crop_7

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!