“Siti” va “Arsenal” superfutbolchini talashyapti
Jurnalist Janluidji Longari ma'lumotiga koʻra, “Manchester Siti” hamda “Arsenal” yozgi transferlar oynasi davrida tarkibini kuchaytirish maqsadida “Chelsi” yarim himoyachisi Enco Fernandezni oʻz safiga qoʻshib olishga harakat qilmoqda.
Soʻnggi ma'lumotlarga qaraganda, har ikki grand klub argentinalik jahon chempioni boʻyicha “aristokratlar”dan transfer ma'lumotlarini soʻragan.
Manbaga koʻra, Enco Fernandezning oʻzi “Chelsi”ni tezroq tark etishni istayapti. “Manchester Siti” ham, “Arsenal” ham uni toʻliq transfer qilish uchun xarajatlarga tayyorligini bildirgan.
Shunga qaramay, argentinalik futbolchining asosiy orzusi “Real Madrid”ga oʻtish boʻlib qolmoqda. Bu transfer amalga oshishi uchun esa “Real” avval yetakchi futbolchilaridan birini sotishiga toʻgʻri keladi.
2025/26 yilgi mavsumda Enco Fernandez londonliklar tarkibida barcha turnirlarda 54 ta oʻyinda qatnashib, 14 ta gol urdi va 7 ta assist qayd etdi.

Fikrlar