
“Siti” Xolandni "bog‘lab" qo‘ymoqchi
“Manchester Siti”ning keyingi ikki mavsumdagi muvaffaqiyatlarida Erling Xolandning hissasi katta bo‘lyapti.
Hozir Evropaning bir necha grand klublari norvegiyalik to‘purarni olish rejasini tuzmoqda. “Shaharliklar”ning futbolchi bilan shartnomasi 2027 yilning yozigacha tuzilgan.
“Manchester Siti” mutasaddilari futbolchini uzoq muddat o‘z safida olib qolish uchun unga yangi bitim beradi. Hozir mana shu hujjatni tayyorlash ishlari boshlangan va tez orada tomonlar muzokara o‘tkazishi kutilyapti.
Erling Xoland hozirning o‘zida Premer-ligada eng katta maosh olayotgan futbolchilar qatoriga kiradi. Klub unga haftasiga qariyb 400 ming funt to‘layapti. Ayrim manbalarga ko‘ra, Xoland yangi bitim imzolasa, uning haftalik maoshi 600 ming funtgacha ko‘tariladi.
Fikrlar