"Siti"da tozalash boshlandi. Gvardiola 1 milliard evroni oqlay olmaganlarni haydaydi

  • 26.02.2021 12:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Siti” rahbariyati Xosep Gvardiola jamoani boshqarayotganidan beri transferlarga bir milliard evroga yaqin mablag‘ sarfladi. Bu summaning uchdan biridan ko‘prog‘i himoyachilarni olishga ketdi. Hozir, “shaharliklar” zaxira o‘rindig‘i premer-ligada eng uzuni hisoblanadi.

Xosep Gvardiola yangi vazifalarga moslasha olmagan barcha futbolchilarni yozda jamoadan ketkazishini ma’lum qildi.

- Barcha o‘yinchilarimiz bu erda uzoq yillar qolishga loyiq. Ularning o‘ziga xos sifatlari borligiga shubha yo‘q. Lekin yildan yilga vaziyat o‘zgarib boradi. Chunki yangi vazifalarga moslashib, o‘z ishini uddalaydigan futbolchilar kelmoqda. Biroq, yangilikni qabul qila olmaydiganlar ham yo‘q emas. Ana shunday o‘yinchilar jamoani tark etishi kerak, - dedi Gvardiola.

“Manchester Siti” ayni paytda premer-ligada peshqadamlik qilmoqda va eng yaqin ta’qibchilarini 10 ochkoga ortda qoldiryapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!