
“Siti”ning ikki o‘yinchisiga jiddiy xaridor chiqdi. Ularda esa, Gvardiola kutayotgan yulduz bor!
Germaniyaning amaldagi chempioni “Bayer” joriy mavsum o‘z unvonini munosib himoya qila olgani yo‘q. “Bavariya” yana Bundesliga taxtiga qaytishga yaqin turibdi.
Shu bois leverkuzenliklar yozda tarkibini sezilarli darajada kuchaytirmoqchi. “Bayer” ana maqsadda “Manchester Siti”ning ikki futbolchisi – darvozabon Shtefan Ortega va yarim himoyachi Jeyms MakEytini nishonga oldi.
Nemis klubi bu masalada “Manchester Siti” rahbariyati bilan muxokaraga kirishdi. “Shaharliklar” leverkuzenliklar bilan hamkorlik qilishdan manfaatdor. Birinchi navbatda, Xosep Gvardiola jamoadan ketishi aniq bo‘lgan Kevin de Bryuyne o‘rniga “Bayer” etakchisi Florian Virtsni olib kelishni anchadan beri mo‘ljallab yuribdi.
Bundan tashqari, manchesterliklarga “Bayer”ning argentinalik markaziy yarim himoyachisi Esekel Palasiosnin o‘yini ham ma’qul kelgan.
Mirror nashrining yozishicha, “Siti” rahbariyati etarli darajada o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotgan Ortega va MakEytini nishondagi yulduzlarni olish yo‘lida jamoadan ketishiga qarshilik qilmaydi.
Fikrlar