"Siti"ning joriy mavsumdagi rejalari qanday?
"Manchester Siti" klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoasining joriy 2019/20 yilgi mavsumdagi rejalari haqida gapirib o‘tdi.
“Bu mavsum ham biz uchta musobaqada g‘alaba qozonishni maqsad qilganmiz. Biz APL chempionligi uchun ham kurashamiz va bu kurashimiz o‘zgarmaydi. Biz barcha turnirlarda g‘alaba qozonish uchun bor kuchimizni beramiz”, - deydi Gvardiola.
Eslatib o‘tamiz, “Siti” ayni damda premer-ligada peshqadam “Liverpul”dan 16 ochkoga ortda bormoqda.

Fikrlar