Slutskiy nega futbolchilarni giyohvandlarga o‘xshatdi?
Rossiyalik mashhur mutaxassis Leonid Slutskiy futbolchilarni giyohvandlarga o‘xshatdi.
“Futbolchilar - giyohvandlarning bir turi, chunki futbol giyohvand moddaga o‘xshaydi. Usiz yashash qiyin va og‘riqli. Futbolchilar ikki oylik karantinda kundalik hayotiga aylanib qolgan narsasiz yashashga qanday bardosh berishadi, buni hech kim bilmaydi”, - deydi Slutskiy.
Ta’kidlash kerakki, bundan avvalroq Rossiya futbol ittifoqi mamlakat chempionati o‘yinlarini 31 maygacha to‘xtatgan edi.

Fikrlar