"So‘g‘diyona" - "Buxoro" o‘yiniga oid ma’lumotlar
Bugun Superliga 10-tur doirasida “So‘g‘diyona” o‘z maydonida “Buxoro” jamoasini qabul qiladi. "So‘g‘diyona" klubi matbuot xizmati ushbu o‘yinga oid ma’lumotlarni taqdim etdi.
O‘ZARO USTUNLIK
“So‘g‘diyona” hamda “Buxoro” klublari oliy ligada shu kungacha 46 bor kuch sinashishgan. “So‘g‘diyona” hisobida 14 ta, “Buxoro” hisobida 23 ta g‘alaba mavjud. 6 ta o‘yinda durang natija qayd etilgan. To‘plar nisbatida ustunlik buxoroliklar tomonida: 61:65 . “So‘g‘diyona” o‘zaro o‘yinlarda 57 ochkoni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, “Buxoro ” 75 ochkoni qo‘lga qiritgan.
“So‘g‘diyona” maydonida o‘tgan so‘nggi 6 ta uchrashuv:
12.06.2018 «So‘g‘diyona» – «Buxoro» 3:0
25.06.2017 «So‘g‘diyona» – «Buxoro» 1:2
21.06.2016 «So‘g‘diyona» – «Buxoro» 0:0
20.11.2015 «So‘g‘diyona» – «Buxoro» 2:3
12.04.2014 «So‘g‘diyona» – «Buxoro» 0:1
03.11.2013 «So‘g‘diyona» – «Buxoro» 1:1
O‘zaro o‘yinlar haqida fakt: Jizzaxdagi 23 ta o‘yindan 11 tasida “So‘g‘diyona”, 8 tasida “Buxoro” g‘alaba qozongan. 4 ta uchrashuv durang natijasi bilan tugagan.

Fikrlar