“Spetsiya” futbolchilarini o‘g‘ri urdi
“Spetsiya” A Seriyaning so‘nggi uchrashuvida “Roma” mehmoni bo‘lib, yutqazib qo‘ydi va yuqori diviziondagi joyini kafolatlay olmadi.
Liguriyaliklarning ikki o‘yinchisi – Albin Ekdal va Yakopo Sala Rimdan uyga qaytganda noxush holatga guvoh bo‘ldi.
Italiya matbuotining yozishicha, bu ikki futbolchi Rimga ketganidan foydalanib, ularning Via dey Kolli tumanidagi uyini o‘g‘ri urgan.
Manbalarda bosqinchilar uydan bir necha o‘n ming evroga baholanayotgan moddiy boyliklarni o‘marib ketgani aytilmoqda.
Politsiya bu voqea bo‘yicha ish boshladi. Tahlilchilar o‘g‘rilik puxta rejalashtirilganini ta’kidlamoqda. Shunday bo‘lsa-da, politsiyachilarga o‘g‘rilar kameraga tushib qolgan tasvirlar bor.
Fikrlar