“Spetsiya” o‘yinchisini terma jamoadan qaytarib yuborishdi

  • 23 mart, 2023, 08:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Spetsiya”ning o‘n nafar futbolchisi o‘z mamlakati terma jamoasiga taklif etilgan edi. Chorlov olganlar orasida shvetsiyalik himoyachi Emil Xolm ham bor.

Tecno

Shvetsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Yanne Anderson boshchiligidagi murabbiylar shtabi 22 yoshli o‘ng qanot himoyachisini klubiga qaytarishga qaror qilgan. Aslida Xolm jarohatini davolatayotgan edi. Terma jamoa murabbiylar shtabi uni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib, ortga qaytarishni ma’qul topdi.

Shu tariqa, Emil Xolm 2024 yilgi Evropa chempionatining saralash turnirida Belgiya va Ozarbayjon terma jamoalariga qarshi o‘tkaziladigan uchrashuvlarida qatnashmaydi.

Himoyachi “Spetsiya” safiga qaytadi va klub tibbiyot  xodimlari uni 2 aprel kuni “Salernitana”ga qarshi bo‘ladigan uchrashuvgacha oyoqqa qo‘yishga harakat qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!