“Spetsiya”ga noxush xabar

  • 4 aprel, 2023, 18:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

A Seriyadagi joyini saqlab qolish uchun kurashayotgan “Spetsiya” muntazam tarkib borasida muammoga duch kelmoqda.

Tecno

Liguriyaliklar yanvar oyida AQSh chempionatida qatnashayotgan “Orlando Siti” jamoasidan olib kelingan Joao Moutino xizmatidan foydalana olmayapti.

“Spetsiya”ga kelganidan beri portugaliyalik futbolchi A Seriyada to‘rtta va Italiya kubogida bir marta o‘yinda qatnashdi. “Bolonya” bilan bo‘lgan bellashuvda Moutino raqib hujumchisi Joshua Zirkzee bilan to‘qnashib ketdi va shikastlandi.

“Spetsiya” klubi rasmiy sayti orqali Moutino qo‘shimcha tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgani va uning uchun mavsum erta yakunlanganini e’lon qildi.

Endi Moutinoning chap oyog‘i to‘pi operatsiya qilinishi kutilmoqda. Jarrohlik amaliyoti kelasi hafta o‘tkaziladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!