Sportchiga ob-havo yordam berib yubordi
AQShning Pensilvaniya shtatidagi Shippensburg shahrida o‘tkazilayotgan engil atletika chempionatida Altuna maktabi vakili Hanna Ovulade uch hatlab sakrash bahsida oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Katta kurs talabasi bo‘lgan Ovulade butun mavsum davomida o‘z natijalarini yanada yaxshilashi mumkinligini ta’kidlab kelgan edi. Uchempionatda g‘olib chiqib, bu gaplarini amalda isbotladi.
Sportchi 38 fut 9 dyuym (taxminan 11,81 metr) natija qayd etib, birinchi o‘rinni egalladi. Bu uning shaxsiy rekordi bo‘lmasa-da, sovuq va yomg‘irli ob-havo sharoiti hisobga olinsa, faoliyatidagi eng ta’sirli natijalardan biri bo‘ldi.
- Ko‘p sportchilar bunday ob-havoga o‘rganmagan. Ammo biz Altunada yomg‘ir va sovuqqa ko‘nikib qolganmiz. Men shunchaki chiqib, o‘z imkoniyatimni ko‘rsatdim va jarayondan zavq oldim, - dedi Ovulade.

Fikrlar