Srechko Katanets qo‘l ostida O‘zbekiston terma jamoasi necha foiz uchrashuvlarda g‘alaba qozondi?

  • 22 yanvar, 13:00
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanets sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar sababli O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan tuzilgan shartnomani o‘zaro rozilik bilan bekor qilishga qaror qildi.

Murabbiy O‘zbekiston terma jamoasini 2021 yilning avgustida qabul qilib olgan edi. O‘shandan buyon to hozirgacha uning qo‘l ostida termamiz jami 42 ta bellashuv o‘tkazib, shularning 8tasida mag‘lub bo‘lgan va 8 ta durang qayd etgan. 26 ta bellashuvda esa g‘alaba qo‘lga kiritilgan. 

Shunday qilib, Katanets qo‘l ostida O‘zbekiston 61.9 foiz uchrashuvlarda g‘alaba qozongan bo‘lsa, 19.05 foiz bahslarda mag‘lubiyat va durang qayd etilgan. 

Bundan tashqari, uning qo‘l ostida terma jamoamiz Osiyo kubogida chorak finalga qadar etib bordi. Ayni damda esa "JCh-2026" saralashi doirasida "A" guruhida Erondan keyingi ikkinchi pog‘onani band etib turibdi. 

 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!