Sulsherga zudlik bilan ishonchli himoyachi kerak

  • 22.09.2020 10:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Yunayted” Angliya premer-ligasining dastlabki uchrashuvida o‘z maydonida uchta gol o‘tkazib yuborganidan so‘ng, jamoa bosh murabbiyi Sulsher himoya chizig‘ini mustahkamlashga qaror qildi.

Ana shu maqsadda manchesterliklar “Leyptsig” himoyachisi Dayot Upamekanoga ko‘z tika boshladi. Ayni paytda manchesterliklar safida ettita markaziy himoyachi bor. Upamekanoni olish uchun klub o‘z ixtiyoridagi himoyachilardan bir nechtasini sotib yuborishni rejalashtirmoqda.

21 yoshli frantsiyalik futbolchi yaqinda amaldagi shartnomasini 2023 yilgacha uzaytirdi. Yangi bitimga ko‘ra,  uning badal puli miqdori 2021 yilning yozigacha 42 million evroga teng bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!