Sun’iy intellekt Islom Maxachev uchun eng qiyin raqibni aniqladi

  • 28 aprel, 17:53
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
BEPUL PROPAN

Sun’iy intellektga ega "Grok" chatboti engil vazn toifasida UFC chempioni Islom Maxachev uchun eng qiyin raqibni aniqlab berdi. Bu haqda "Sports.kz" xabar qilmoqda.

"77 kilogramm vazn toifasida Maxachev uchun eng katta xavf qozog‘istonlik Shavkat Rahmonovdir. Uning 19:0 hisobidagi mag‘lubiyatsiz rekordi, kuchli grepplingi Islomning kuchli tomonlariga qarshi turishi mumkin" - deb yozgan "Grok" chatboti.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Rahmonov ayni damda UFC ning yarim o‘rta vazn toifasidagi reytingida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!