Super gol urgan Fayzullaev haqida TsSKA bosh murabbiyi nima dedi?

  • 25 sentabr, 2023, 17:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Paxtakor”dan Moskvaning TsSKA klubiga transfer qilingan Abbosbek Fayzullaev nihoyat Rossiya Premer-ligasidagi gollari hisobini ochdi.

Tecno

Hamyurtimiz o‘tgan turda Fyodor Chalovga golli pas uzatib, “Kilya Sovetov” bilan bo‘lgan bahsja “armiyachilar”ni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi. Bu gal Fayzullaevning o‘zi gol urib, TsSKAga “Rostov”dan bir ochko olib berdi.

rostov-cska-3-3-video-goly_1695580812916074827

Aytish joizki, rostovliklar ikki marta ikki to‘p farqi bilan hisobda oldinda borganiga qaramay, g‘alabani ushlab qola olmadi. Bunga 70-daqiqada Abbosbek Fayzullaev tomonidan kiritilgan supergol sabab bo‘ldi.

O‘yindan keyin TsSKA bosh murabbiyi Vladimir Fedotov uchrashuv haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Shuningdek, yangi o‘yinchilarning tez moslashayotganiga baho berdi.

- Uchrashuv g‘alati boshlandi. “Rostov” o‘yinchilari uzoqdan aniq zarba bera olishi haqida shogirdlarim ogohlantirilgandi. Lekin ular raqibni kerakli nuqtada kutib olmadi. Oqibatda to‘p darvoza to‘ridan joy oldi.

Biz gollarni o‘tkazib yubordik. Shukrki, tezda o‘zimizni o‘nglab oldik. Darvozamiz  oldida yana xavfli vaziyatlar bo‘ldi. Raqibdan ijodiy ma’noda turtki edik, shundan keyin ishga kirishdik. Birinchi bo‘limda etarlicha vaziyatlarni yarata oldik va bitta javob to‘pini kiritdik.

Bosh qotiradigan masalalarimiz bor. Hujum chizig‘i va himoya o‘rtasida balans yo‘q. Yangi echim izlashimizga to‘g‘ri keladi. Uchta gol o‘tkazib yuborish va uchrashuvni bundan boshlash mumkin emas, - dedi Vladimir Fedotov o‘yin haqida.

Shuningdek, Vladimir Fedotov jamoa yangi kelgan va “Rostov” bilan o‘yinda o‘z gollari bilan jamoaga bir ochko keltirgan Kellven va Abbosbek Fayzullaev haqida ham to‘xtalib o‘tdi.

- “Rostov”ga qarshi bellashuv Kellven uchun safimizdagi to‘rtinch o‘yin bo‘ldi. Abbosbek Fayzullaev esa, TsSKAdagi oltinchi o‘yinini o‘tkazdi. Albatta, urilgan gollar, ijobiy va samarali harakatlar ko‘p bo‘layotgani yangi futbolchilarning jamoaga  moslashish jarayoni to‘g‘ri yo‘nalishda ketayotganidan dalolat beradi.

Futbolchilarning bir-birini tushunib o‘ynashing ahamiyati juda yuqori, o‘yindan o‘yiga bu holat tobora yaxshilanib bormoqda, - dedi Vladimir Fedotov.

Braziliyalik himoyachi Kellven uchun debyut golini urishga Premer-liga va Rossiya kubogidagi to‘rtinchi uchrashuv kifoya qildi. Abbosbek Fayzullaev bu ikki turnirdagi oltinchi o‘yinida gollari hisobini ochdi.

image-7187-1695580752-620x417

Legionerimizning golidan keyin TsSKA to‘plagan ochkolar soni 13 taga etdi. “Armiyachilar”  to‘qqizinchi turdan keyin musobaqa jadvalida to‘qqizinchi o‘rinni egallab turibdi.

TsSKA 10-tur bellashuvini 30 okyabr kuni Moskvada o‘tkazadi. Poytaxtliklar shu kuni yuqori divizion debyutlaridan “Baltika”ni qabul qiladi.  

Shomurodovdan gol urishni talab qilishyapti!

Neymar “Navbahor” bilan o‘yindan keyin nega bosh murabbiyni ishdan haydashni talab qildi?

Fayzullaev qaerda o‘ynashi kerakligini aytishdi

Legioner mana shunday bo‘ladi: Zo‘rligini isbotlash uchun Fayzullaevga 45 daqiqa kifoya qildi!

O‘zbekiston va Rossiya to‘qnashuvida oltita gol bo‘ldi

Shomurodovni uyg‘otib qo‘yinglar...

Fanatlar Shomurodovdan nimani talab qilyapti?

Shomurodovdan qanday qilib maksimum foyda chiqarish mumkin?

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!