Superklub "Barselona" futbolchisi bo‘yicha so‘rov yo‘lladi
Italiyaning mashhur «Milan» klubi «Barselona»ning yosh qanot himoyachisi Alehandro Balde bilan shartnoma imzolash imkoniyatini o‘rganmoqda. Bu haqida Diario SPORT nashri xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, «rossoneri» allaqachon kataloniyaliklar bilan bog‘lanib, Balde transferi shartlari haqida so‘rab surishtirgan. «Barselona» 22 yoshli ispaniyalik futbolchini taxminan 40 million yevro atrofida baholamoqda. Shu bilan birga, «Milan» futbolchini to‘liq sotib olish bilan cheklanib qolmayapti, klub uni ma’lum muddatga ijaraga olish variantlarini ham ko‘rib chiqmoqda.
Alehandro Baldega bo‘lgan qiziqish faqat «Milan» bilan cheklanmaydi. Unga «Manchester Yunayted» ham jiddiy e’tibor qaratgani aytilmoqda. Avvalroq «qizil shaytonlar» himoyachi vakili bilan uchrashuv o‘tkazishni rejalashtirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Yangi mavsumda Balde hali beror marta maydonga tushgani yo‘q. Uning «Barselona» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan.

Fikrlar