Superliga 8-turidan so‘ng to‘purarlar ro‘yxati bilan tanishing (foto)

  • 13 may, 2022, 10:37
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliga 8-tur uchrashuvlari yakuniga etganidan xabaringiz bor. Mazkur turda ham tomoshabinlar shiddatli uchrashuvlar guvohi bo‘ldi. 

Tecno

Ushbu tur yakuniga etgach, O‘zPFL matbuot xizmati musobaqa to‘purarlar jadvalini taqdim etdi. Unga ko‘ra, "Bunyodkor" vakili Ibrohim Tomiva va "So‘g‘diyona" a’zosi Shoxruz Norxonov hisobida bir xil 4 tadan gol mavjud.

Shuningdek, "Qizilqum"ning ikki hujumchisi Temurxo‘ja Abduxoliqov va Aleksandr Stanisavlevich 3 gol urishga muvaffaq bo‘lgan. Bu futbolchilar bilan bir qatorda "Paxtakor" futbolchisi Dragan Cheran, "Navbahor" a’zosi Zoran Marushich, AGMK hujumchisi Martin Boake va yana 3 futbolchi 3 tadan gol urishga erishgan.

to‘purarlar

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!