Superliga. Bugun Namangandagi stadion ochiladi, Buxoroda esa "Nasaf" mehmon bo‘ladi
Xabaringiz bor joriy hafta “Paxtakor” - “Metallurg” (2:1) hamda "Lokomotiv" - "Qo‘qon-1912" (2:2) jamoalari bahsi bilan O‘zbekiston Superligasining navbatdagi – 7-tur uchrashuvlariga start berilgan edi.
Bugun esa mamlakatning 2ta shahrida o‘yinlar bo‘lib o‘tadi. Dastlab, 19:00da "Navbahor" - "So‘g‘diyona", 19:45dan boshlab esa "Buxoro" - "Nasaf" uchrashuvi start oladi.
Ma’lumot uchun, “Navbahor” ayni damda 8 ochko bilan musobaqa jadvalida 6-o‘rinni egallab turibdi. Hisobida 6 ochko mavjud bo‘lgan “So‘g‘diyona” esa 11-pog‘onada bormoqda. O‘tgan 6ta tur davomida 6 ochko jamg‘argan "Buxoro" esa 9-o‘rinda bormoqda. "Nasaf" 7 ochko bilan 8-pog‘onadan joy olgan.

Fikrlar