Superliga. Bugun yana 2ta o‘yinga guvoh bo‘lamiz

  • 09.03.2019 09:03
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabaringiz bor kecha “Qizilqum” va “Andijon” (1:1) jamoalari o‘rtasidagi o‘yin orqali Superliganing yangi mavsumiga start berilgan edi.

Bugun esa mavsumning ilk turidan o‘rin olgan yana 2ta bahs bo‘lib o‘tadi. Dastlab, muxlislar Samarqandda “Dinamo” va “Nasaf” uchrashuviga guvoh bo‘lishadi. Kunning ikkinchi uchrashuvi Olmaliqda AGMK va “Buxoro” o‘rtasida kechadi. Ta’kidlash kerakki, har ikkala bahs ham “Sport” telekanali orqali jonli efirda namoyish etilishi rejalashtirilgan.

16:00. Cuperliga. "Dinamo" - "Nasaf" #LIVE

18:00. Superliga. AGMK - "Buxoro" #LIVE

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!