Superliga. "Lokomotiv" Qarshida "Nasaf"dan revansh olishga harakat qilib ko‘radi (prevyu)

  • 27 avgust, 2022, 17:13
  • 0
  • Futbol

Superliganing 17-turida “Nasaf” o‘z maydonida Toshkentning "Lokomotiv" jamoasini qabul qiladi. Uchrashuv 29-avgust kuni soat 19:00 boshlanadi.

Qarshiliklar birinchi davrada Toshkentda 1:0 hisobida g‘alaba qozonishgandi. Uchrashuvdagi yagona golga Suhrob Nurulloev mualliflik qilgan.

Quyida “ajdarlar”ning “temiryo‘lchilar”ga qarshi o‘tgan bellashuvlariga oid statistikasi bilan tanishishingiz mumkin:

Ushbu jamoalar O‘zbekiston chempionatida shu kungacha 35 bor kuch sinashishgan. Ustunlik “ajdarlar” tomonida. Bo‘lib o‘tgan 16 uchrashuvda "nasafchilar", 13 o‘yinda esa “temiryo‘lchilar” zafar quchishgan. 6 uchrashuvda esa durang natija qayd etilgan. To‘plar nisbati 46:38 "ajdarlar" foydasiga.

O‘zaro uchrashuvlarda qayd etilgan eng yuqori hisoblar bir xil ko‘rinishda: “Nasaf” – “Lokomotiv” 5:2, “Lokomotiv” – “Nasaf” 5:2.

E’tiboringizga, jamoalar ishtirokidagi so‘nggi besh uchrashuvning natijalarini havola qilamiz:

02.04.2022: Lokomotiv — Nasaf 0:1
27.11.2021: Nasaf — Lokomotiv 1:3
30.07.2021: Lokomotiv — Nasaf 2:0
03.12.2020: Nasaf — Lokomotiv 0:0
27.08.2020: Lokomotiv — Nasaf 0:4

 

 

"Nasaf" futbol klubi matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!