Superliga yo‘llanmasi uchun kechadigan “Qo‘qon-1912” – “Dinamo” bahsida VAR ishlaydi!

  • 04.10.2023 14:38
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Joriy mavsumdan e’tiboran tarixda ilk bor — O‘zbekiston Pro ligasi bahsida VAR texnologiyasi ishlaydi. Bu haqda O‘zbekiston futbol hakamlari markazi matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaning ma’lum qilishicha, O‘zbekiston futbol hakamlari markazining sa’y-harakatlari natijasida O‘zPFL bilan hamkorlikda ushbu musobaqaning 20-turidan o‘rin olgan markaziy, Superliga yo‘llanmasi uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan “Qo‘qon-1912” – “Dinamo” bahsida video assistentlar xizmatidan foydalaniladi.

Shuningdek, kelasi mavsumdan boshlab VAR Pro liganing har bir turida, imkon qadar ko‘proq uchrashuvlarda ishlashi reja qilingan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!