
Taekvondo WT. Bugun Nikita Rafalovich va yana 2 nafar vakilimiz jahon chempionatida dayanga chiqadi
Bugun Bokuda o‘tayotgan taekvondo WT bo‘yicha jahon chempionatining uchinchi kun bellashuvlariga guvoh bo‘lamiz. Ushbu kun dasturida erkaklar -80 kg va -87 kg, ayollar -49 kg vazn toifalarida g‘oliblik uchun dayanga chiqishadi. Unda ishtirok etadigan yurtdoshlarimizning ilk raqiblari bilan tanishing:
-80 kg: Shuhrat Salaev – Jerom Braun (Trinidad va Tobago) / Mehran Barxordari (Eron)
-87 kg: Nikita Rafalovich – Karol Robak (Polsha) / Xan Estrada (Puerto-Riko)
-49 kg: Madinabonu Mannopova – Gerda Meitininkayt (Litva)
Fikrlar