
Tanish-bilish ketmaydi. Zidan ishsiz qolmoqda
“Real” bosh murabbiyi Zinedin Zidan darvozabon o‘g‘li Lyukaga jamoa topib berolmayapti. O‘g‘li “Real”ga tortmaydi, shuning uchun frantsiyalik murabbiy u bilan shartnomani uzaytirmoqi emas.
Yaqinda Lyukaning “Monpele”ga o‘tishi haqida gap chiqqan edi. Frantsiya klubi prezidenti darhol raddiya berdi.
- Lyuka Zidanni olmaymiz. Bizga asosiy tarkibda o‘ynashga qodir darvozabon kerak. Zidanning agenti biz bilan bog‘landi, biz uni so‘raganimiz yo‘q, - degan bayonot berdi “Monpele” rahbari.
Ayni paytda Lyuka ijara asosida “Rasing” darvozasini qo‘riqlamoqda.
Fikrlar