
Tarixdagi eng yaxshi markaziy himoyachi bo‘lishga nomzod 10 ta futbolchi e’lon qilindi
Dunyoga mashhur France Football nashri tarixdagi eng yaxshi markaziy himoyachi bo‘lishga da’vogar 10 ta futbolchi nomini e’lon qildi.
Ushbu ro‘yxatdan Franko Barezi (Italiya), Bobbi Mur (Angliya), Frants Bekkenbauer (Germaniya), Daniel Passarella (Argentina), Fabio Kannavaro (Italiya), Mattias Zammer (Germaniya), Marsel Desayi (Frantsiya), Gaetano Shirea (Italiya), Ronald Kuman (Niderlandiya), Serxio Ramos (Ispaniya) joy oldi.
E’tiborlisi, ushbu ro‘yxatdagi futbolchilar orasida faqatgina Ramos ayni damda faoliyatini davom ettirmoqda.
G‘olib nomi dunyoning eng etakchi 177 ta jurnalisti orasida o‘tkaziladigan so‘rovnomaga ko‘ra aniqlanadi.
Fikrlar