Tarixiy natija: Oʻzbekiston parashaxmat olimpiadasida 3-oʻrinni egalladi!

  • 17.09.2026 16:43
  • Javohir Malikov
  • 0
  • Shaxmat
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Samarqand shahrida bo‘lib o‘tayotgan 3-shaxmat paralimpiadasida 36 ta davlatdan 41 ta jamoa va 164 nafar yetakchi shaxmatchi ishtirok etgan nufuzli musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi 3 ta tarkib bilan qatnashdi.

Hal qiluvchi 7-turda O‘zbekiston-1 jamoasi Isroil terma jamoasini 2,5:1,5 hisobida mag‘lub etdi.

Musobaqa yakuniga ko‘ra Polsha 1-o‘rin, Kuba 2-o‘rinni egallagan bo‘lsa, O‘zbekiston paraterma jamoasi 11 ochko bilan 3-o‘ringa sazovor bo‘ldi. Bu — O‘zbekiston parashaxmati tarixida ilk bor Olimpiadada qo‘lga kiritilgan bronza medalidir.

Samarqand mezbonlik qilgan 3-Parashaxmat olimpiadasi jamoalar soni va ishtirokchilar qamrovi bo‘yicha ham rekord natija qayd etdi. Bu haqida O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi xabar bermoqda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!