Tasdiqlandi. Kazemiro “Manchester Yunayted”ga o‘tmoqda

  • 19.08.2022 18:31
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Kazemironing "Manchester Yunayted"ga o‘tish haqidagi qarorini tasdiqladi.

“Men Kazemiro bilan gaplashdim. U yangi chaqiruvlarni istamoqda. Biz uning qarorini tushunamiz.

Ayni paytda muzokaralar davom etmoqda. Shuni aytishim mumkinki, u “Real”ni tark etishga qaror qildi”, — dedi Anchelotti matbuot anjumanida.

Oldinroq “Manchester Yunayted” 30 yoshli braziliyalik bilan shartnoma shartlarini kelishib olgani haqida xabar berilgandi. Ma’lumotlarga ko‘r, inglizlar futbolchi uchun “Real”ga 70 million evro atrofida to‘laydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!