Tashkent open: Sabina, Nigina va Oqgulning raqibi aniq bo‘ldi

  • 22 sentabr, 2019, 16:15
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO
Joriy yilning 23-28 sentyabr kunlari Toshkentdagi Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabida tennis bo‘yicha xotin-qizlar o‘rtasida “Tashkent Open – 2019“ musobaqasi bo‘lib o‘tadi.
 
O‘zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, mamlakatimiz tennis federatsiyasi va Xalqaro xotin-qizlar tennis uyushmasi (WTA) tomonidan o‘tkaziladigan turnirda mamlakatimiz sharafini Sabina Sharipova, Oqgul Omonmurodova hamda Nigina Abduraimova himoya qiladi.
 
Mazkur musobaqaning asosiy to‘r bahslariga qur’a tashlandi. Sovrin jamg‘armasi 250 ming AQSh dollarini tashkil qiluvchi turnir tashkilotchilari asosiy to‘rida to‘g‘ridan-to‘g‘ri qatnashish huquqini beruvchi imtiyozli yo‘llanmani uch nafar tennischimizga  taqdim etdi.
 
Qur’a natijasiga ko‘ra, mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Sabina Sharipova ilk davrada chernogoriyalik Danka Kovinich bilan bahs olib borsa, tajribali sportchimiz Oqgul Omonmurodova belgiyalik Esalin Bonaventureni sinovdan o‘tkazadi. Shuningdek, hamyurtimiz Nigina Abduraimova esa ruminiyalik Monika Nikuleskuga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi.
 
Eslatib o‘tamiz, mamlakatimizda 21 bora o‘tkazilayotgan ushb musobaqaning asosiy to‘r bahslari ertaga 23 sentyabr kuni soat 10:00dan boshlanadi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!