
Ten Xag “Manchester Yunayted” hujumini Ronaldudan boshqa to‘purarga topshiradi
Corriere dello Sport nashrining ma’lum qilishicha, “Manchester Yunayted”ning yangi bosh murabbiyi klub mutasaddilari oldiga yozgi transferlar vaqtida birinchi bo‘lib “Yuventus” bilan shartnomasi yakunlanayotgan Paulo Dibalani olib kelish vazifasini yukladi.
Ma’lumotlarga qaraganda, niderlandiyalik mutaxassis Dibalani kelasi mavsum jamoaning asosiy hujumchisiga aylantirmoqchi.
Dibala “Yuventus” hujumida Krishtianu Ronaldu bilan birga o‘ynagan davr ham bo‘lgan. Biroq, Turin klubida argentinalik hujumchi portugaliyalik to‘purarning soyasida qolib ketgan edi.
Mutaxassislar manchesterliklarga Dibalani transfer qilish oson bo‘lmasligini ta’kidlamoqda. Chunki futbolchining o‘zi Angliya premer-ligasidan ko‘ra, A Seriyada qolish yoki Ispaniya chempionatiga ko‘chib o‘tishni ma’qul ko‘ryapti.
Fikrlar