Tezkor! Dibala “Roma” haqida nima dedi?

  • 18 iyul, 2022, 22:23
  • 1
  • Futbol

“Yuventus”ni tark etgan argentinalik yulduz Paulo Dibala yaqin soatlar ichida “ROma” bilan shartnoma imzolaydi.

Joze Mourino bu futbolchini Rim klubiga ko‘chib o‘tishga ko‘ndirganidan keyin Dibala Portugaliyaga kelib, “Roma” uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tdi.

Paulo Dibalani tibbiyot muassasasidan chiqishda jurnalistlar kutib oldi. Argentinalik futbolchi ularga intervyu bermadi va yangi jamoasi haqidagi fikrini bir og‘iz gap bilan ta’rifladi.

- “Roma” juda zo‘r jamoa, - dedi Paulo Dibala.

Yangi mavsumda Joze Mourino va "Roma" futbolchilari oldiga Chempionlar ligasiga chiqish, Italiya kubogi va Evropa ligasida g‘olib chiqish vazifasi qo‘yilgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Murodullo
19/07/2022 12:03
Yomon gap bo'btiyu a?