Tiago faoliyatini Madridda davom ettirishi mumkin

  • 10.05.2023 17:34
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Liverpul” yarim himoyachisi Tiago Alkantara yozgi transfer oynasida klub ro‘yxatini o‘zgartirishi mumkin. "Todofichajes" nashri xabariga ko‘ra, mersisaydliklar 32 yoshli yarim himoyachi xizmatlarini Madridning "Atletiko"siga taklif qilgan.

Tomonlar muzokara olib borishadi va agar kelishsa, Tiago tez orada Ispaniya poytaxtiga boradi. Potentsial kelishuv summasi 18 million evroga baholanmoqda.

Alkantara joriy mavsum Angliya premer-ligasida 18 ta o‘yinda maydonga tushdi. Ispaniyalik xavbek va "Liverpul" o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2024 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!