
Torresga Xitoydan 15 mln evrolik shartnoma taklif qilishdi
Madridning “Atletiko” klubi hujumchisi Fernando Torres yaqin vaqtlar ichida jamoani tark etishi mumkin. Unga Xitoyning “Dalyan Ifan” klubi qiziqishi bildirmoqda.
AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, xitoyliklar ispaniyalik futbolchiga yiliga 15 mln evrolil shartnoma taklif qildi. Ilgariroq, mazkur jamoa Yannik-Ferreyra Karraskoning transferi borasida madridliklar bilan kelishuvga erishgani aytilgan edi.
Torresning “matraschilar” bilan amaldagi shartnomasi yozda nihoyasiga etdi. Xitoyda esa transfer oynasi 28 fevral kuni yopiladi.
Fikrlar