Toshkentda porlagan Nao Xibino Yaponiyada finalga chiqdi

  • 14 sentabr, 2019, 13:52
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO

Yaponiyalik Nao Xibino va ruminiyalik Mixaela Buzarnesku Yaponiyaning Xirosima shahrida o‘tkazilayotgan musobaqaning final yo‘llanmasi uchun kurash olib bordi.

Uch set davom etgan o‘yinda Nao raqibiga dastlabki setda 4:6 hisobida taslim bo‘ldi. Bu esa Xibinoning jaxlini chiqardi va tezkor o‘yin namoish etib 6:0, 6:3 hisobida zafar quchdi.

Shu tariqa "Japan Women's Open" turnirining navbatdagi bosqichida Xibino rossiyalik Veronika Kudermetova yoki hamyurti Misaki Doi bilan kuch sinashadigan bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!