"Tottenxem" EChLga chiqishi uchun nechta o‘yinda g‘alaba qozonishi kerak? Keyn javob berdi
“Tottenxem” forvardi Xarri Keyn jamoasining joriy mavsum APLdagi maqsadi haqida gapirib o‘tdi.
“Shubhasiz, biz mavsumni kuchli to‘rtlikda yakunlashimiz kerak. Oldinda bizni “Manchester Yunayted”ga qarshi muhim bellashuv kutmoqda. Bundan tashqari, Chempionlar ligasiga chiqishimiz uchun 7-8 ta o‘yinda g‘alaba qozonishimiz shart. Bu bizning maqsadimiz. Shu sababli mavsumni yuqori notada yakunlashimiz lozim”, - deydi angliyalik futbolchi.


Fikrlar